2026-yil 1-chorakda yurtimizga 5,2 mingdan ortiq Germaniya fuqarosi tashrif buyurdi

May 13, 2026. 10:55 • 59 soniya

170
2026-yil 1-chorakda yurtimizga 5,2 mingdan ortiq Germaniya fuqarosi tashrif buyurdi

BERLIN, 13-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar­­–mart oylarida O‘zbekistonga 5,2 mingdan ortiq Germaniya fuqarosi tashrif buyurgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 ming kishiga ko‘pdir. O‘sish surʼati 48,9 foizni tashkil etgan.

Safarlarning asosiy qismini turistik tashriflar bo‘lgan. Xususan, Germaniyaning 4 ming 336 nafar fuqarosi O‘zbekistonga sayohat qilish maqsadida kelgan. Bundan tashqari, 393 kishi qarindoshlarini yo‘qlash, 414 nafari xizmat yuzasidan, 44 kishi tijorat maqsadida, 37 nafari o‘qish uchun hamda 4 kishi tibbiy xizmat olish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Germaniyadan kelayotgan sayyohlar sonining ortishi nemis jamoatchiligining O‘zbekistonning turizm salohiyatiga, uning boy tarixiy-madaniy merosiga, zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari va ishbilarmonlik hamkorligi imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat.

Bu dinamika O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi gumanitar, iqtisodiy va turizm aloqalari mustahkamlanib borayotganini aks ettiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish