Logo

“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston Prezidenti Yangi Toshkentdagi “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi prezentatsiyasi bilan tanishdi

Aprel 18, 2026. 18:30 • 2 daq

116
“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston Prezidenti Yangi Toshkentdagi “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi prezentatsiyasi bilan tanishdi

MASKAT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida “O‘zbekiston Prezidenti Yangi Toshkentdagi “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi prezentatsiyasi bilan tanishdi” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Yangi Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 32 gektar maydonni egallaydigan “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi taqdim etilgani, majmuada turar joylar, tijorat binolari, mehmonxonalar, madaniy va ta’lim markazlari hamda zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilishi qayd etilgan.

Shuningdek, har bir mahalla ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan sivilizatsiyalarga bag‘ishlanishi, O‘zbekiston mahallasida esa tarix va madaniyat qadriyatlari aks ettirilishi ta’kidlangan.

Maqolada shuningdek, muzeylarni modernizatsiya qilish rejasi, jumladan Imom al-Moturidiy ziyoratgohi muzeyi va Bahouddin Naqshband Ilmiy va Innovatsion muzeyi, shuningdek Temuriylar tarixi davlat muzeyini qayta qurish va ularda zamonaviy ko‘rgazma zallari tashkil etish rejalari qayd etilgan.

Loyihalar milliy tarixni ilmiy asosda yoritish, zamonaviy madaniy infratuzilmani shakllantirish va turistik salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish