Logo

Senat raisi boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasida ishtirok etmoqda

Aprel 15, 2026. 19:20 • 1 daq

179
Senat raisi boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasida ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi shu kunlarda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasida faol ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu galgi anjuman “Kelajak avlodlar manfaatlari yo‘lida ishonchni mustahkamlash, barqaror tinchlikni taʼminlash va adolatni qaror toptirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda global ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim muloqot va forumlarda qatnashishi rejalashtirilgan. Parlament ayol aʼzolari forumi, Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining 5-konferensiyasi hamda Yosh parlament aʼzolari forumi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasining parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish