Logo

O‘zbekiston va Estoniya parlamentlarining do‘stlik guruhlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Mart 13, 2026. 09:34 • 2 daq

309
O‘zbekiston va Estoniya parlamentlarining do‘stlik guruhlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

TALLIN, 13-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi va Estoniya Riygikogusi parlamentlararo do‘stlik guruhlari onlayn uchrashuv tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Anvar Tuychiyev va Estoniya parlamentlararo do‘stlik guruhi hamraislari ishtirok etishdi. Eston delegatsiyasini O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha Riygikogu deputatlari guruhi raisi Ayvar Kokk boshlab keldi.

Ayvar Kokk Estoniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda muhim va istiqbolli sherik sifatida ko‘radi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga ahamiyat qaratilganini taʼkidladi.

U shuningdek O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar va mamlakatning faol tashqi siyosati ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini qayd etdi. Suhbatda parlament aʼzolari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar, delegatsiyalar almashinuvi va parlament qo‘mitalari hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Eston delegatsiyasi qonun ijodkorligi, raqamli davlat boshqaruvi, elektron hukumatni rivojlantirish va kiberxavfsizlik tajribasini baham ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi. Ishtirokchilar Parlamentlararo ittifoq va YEXHT Parlament assambleyasi kabi xalqaro parlament tuzilmalarida hamkorlikning ahamiyatini qayd qildi va qo‘shma tashabbuslarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, taʼlim va ilmiy almashinuvlar, qo‘shma madaniy tadbirlar kabi madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ayvar Kokk savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish salohiyatiga eʼtibor qaratdi, jumladan axborot texnologiyalari, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, transport va logistika sohalarida.

Uchrashuv yakunida eston delegatsiyasi parlamentlararo muloqotni mustahkamlashga qiziqish bildirdi va O‘zbekiston delegatsiyasini biznes doiralari hamrohligida Estoniyaga tashrif uchun taklif etishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish