O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tayyorlanmoqda
Noyabr 16, 2026. 17:30 • 2 daq
• 3TOSHKЕNT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Maskat shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston–O‘mon hukumatlararo komissiyasining iqtisodiy va savdo hamkorligi bo‘yicha oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yig‘ilishga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda O‘monning savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Anvar bin Hilol al-Jabriy hamraislik qildi.
Muzokaralar davomida o‘zaro savdo hajmini oshirish, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash, texnik to‘siqlarni bartaraf etish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasini rivojlantirish hamda energetika, sanoat, geologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib chiqishda O‘mon portlaridan foydalanish, logistika va yuk tashuvchi aviaqatnovlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida yig‘ilish bayonnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

