O‘zbekiston va BAA konsullik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Noyabr 16, 2026. 19:23 • 50 soniya

• 26
O‘zbekiston va BAA konsullik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

ABU-DABI, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAA Tashqi ishlar vazirligining konsullik masalalari bo‘yicha vazir yordamchisi Shayxa Hissa Ol Naxayon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar konsullik sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki davlat fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish, O‘zbekiston va BAAning tegishli idoralari o‘rtasida axborot almashinuvi va hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar amaldagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashib, konsullik masalalari bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish