Logo

Kuala-Lumpurda boʻlib oʻtayotgan turizm koʻrgazmasida Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati keng targʻib qilinmoqda

Noyabr 28, 2025. 07:58 • 2 daq

208
Kuala-Lumpurda boʻlib oʻtayotgan turizm koʻrgazmasida Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati keng targʻib qilinmoqda

KUALA-LUMPUR, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. 21–30-noyabr kunlari Kuala-Lumpurning eng yirik savdo-koʻngilochar majmualaridan biri – “Sungai Wang Plaza” markazida boʻlib oʻtayotgan “Ikhlas Travel Fair 2025” turizm koʻrgazmasida Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida respublika ziyorat turizm dasturlari taqdimoti tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Koʻrgazma Malayziyaning eng yirik turkompaniyalaridan biri “Ikhlas Travel” tomonidan tashkil etilib, unda ishtirokchilariga Oʻzbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ziyorat turizmini jadal rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Malayziyaliklar uchun respublikaga vizasiz kirish tartibi amal qilayotganligi hamda Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari oʻrtasida “Air Asia” va boshqa aviakompaniyalar tomonidan haftasiga

7 marotaba toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Tadbir doirasida “Ikhlas Travel” turkompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarini oʻz ichiga olgan “Umra plyus” nomli yangi sayyohlik dasturi keng ommaga taqdim etildi.

Koʻrgazmada ishtirok etgan malayziyaliklar orasida Oʻzbekistonning Islom dunyosiga oid bir qator ziyoratgohlari va sayyohlik markazlari, boy madaniyati, betakror arxitekturasi va milliy anʼanalari katta qiziqish uygʻotdi.

“Ikhlas Travel” turkompaniyasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik kam byudjetli (low-cost) aviakompaniyasi – “Air Asia X”ning shoʻba korxonasi hisoblanadi. “Ikhlas Travel” Janubiy-Sharqiy Osiyo aholisiga dunyoning musulmon mamlakatlari boʻylab sayohat qilish uchun qulay va hamyonbop turpaketlarni taqdim etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish