Logo

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Mart 08, 2026. 14:36 • 2 daq

47
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik rahbariyati hamda jamoa xodimlari ishtirok etib, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladilar.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar jamiyat hayotida, ayniqsa diplomatik xizmat sohasida xotin-qizlarning o‘rni va hissasi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladilar. Ularning yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyati hamda davlat manfaatlarini xalqaro maydonda munosib ilgari surish yo‘lidagi faol mehnati yuksak e’tirof etildi.

Shuningdek, vazirlik jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning tashqi siyosatni amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatimiz nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida qayd etildi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yakunda barcha xotin-qizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy farovonlik hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ezgu tilaklar yo'llandi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish