Ko‘ksaroy qarorgohida Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Aprel 30, 2026. 12:19 • 48 soniya
• 183
TOSHKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, uni shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi