Turkiston va Jizzax kutubxonalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Aprel 30, 2026. 12:35 • 2 daq
• 57
OSTONA, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning Turkiston viloyati ziyolilaridan iborat delegatsiya viloyatning “Farob” universal ilmiy kutubxonasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga adabiy safar uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Gurk.kz” nashriga tayanib.
Tashrif doirasida delegatsiya Jizzax shahrida bo‘lib, atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Jizzaxda Sharof Rashidov nomidagi viloyat kutubxonasida o‘tkazilgan “Kitobxonlik – xalqlar o‘rtasidagi maʼnaviy ko‘prik” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi bilan “Farob” universal ilmiy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va madaniy aloqalarni kengaytirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston ziyolilari vakillari maʼnaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Buning ramzi sifatida Xalqaro adabiyot, sanʼat, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi prezidenti va asoschisi Abdulla Ahmatuli hamda ushbu akademiya akademigi Abdumannop Abdulazizuli kutubxona fondiga “Kavkaz va O‘rta Osiyo” nomli nodir fotoalbom va 1908-yilda Qozonda nashr etilgan “Boqirg‘on kitobi” nomli qadimiy asarni topshirdi.
O‘z navbatida, “Farob” kutubxonasi jamoasi jizzaxlik hamkasblariga 150 ga yaqin badiiy kitob sovg‘a qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi