Logo

“Kyodo News”: Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari resurslarni barqaror yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdilar

Dekabr 23, 2025. 15:47 • 2 daq

156
“Kyodo News”: Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari resurslarni barqaror yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdilar

TOKIO, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/.Yaponiyaning ommabop “Kyodo News” axborot agentligi saytida “Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari resurslarni barqaror yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdilar” sarlavhali maqola eʼlon qilindi deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Yaponiya va Markaziy Osiyoning beshta davlati mintaqani Yevropa bilan bog‘laydigan transport marshrutini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur tashabbus o‘ta muhim minerallar va energiya resurslarini barqaror yetkazib berishni taʼminlashga qaratilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan mintaqa mamlakatlari manfaatlariga to‘liq mos keladi”,- deb yozilgan maqola muqaddimasida.

Nashrda qayd etilishicha, Tokio shahri ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokidagi oliy darajadagi sammitga mezbonlik qildi. Unda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Yaponiya va besh mamlakat “Tokio deklaratsiyasi”ni qabul qildilar. Hujjatda dekarbonizatsiya, logistikani soddalashtirish va inson resurslarini rivojlantirish sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilgan.

“Markaziy Osiyo geosiyosiy ahamiyat, iqtisodiy xavfsizlik va o‘zaro manfaatli biznes imkoniyatlari nuqtai nazaridan ulkan salohiyatga ega. Xalqaro vaziyat keskin o‘zgargan bir vaqtda mintaqaning Osiyo hamda Yevropani bog‘lovchi savdo yo‘li sifatidagi ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Bu esa O‘zbekistonning tranzit bo‘g‘ini sifatidagi rolini kuchaytiradi”,- deb yozilgan materialda.

Shu bilan birga taʼkidlanishicha, Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyoda umumiy qiymati 3 trillion yen (taxminan 19 milliard AQSh dollari) bo‘lgan yangi biznes-loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, tomonlar sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar, bu esa texnologik sheriklik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish