Logo

O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalaniladi

Yanvar 15, 2026. 16:16 • 38 soniya

92
O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalaniladi

TOSHKENT, 15-yanvar. /“Dunyo” AA/. Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston chegaralarida bayraktar uchuvchisiz uchish apparatlari bilan butlangan yangi maxsus bo‘linmaning jangovar navbatchiligi yo‘lga qo‘yilganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Davlat xavfsizlik xizmatining telegram-kanaliga tayanib.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jangovar tayyorgarlik tadbirlarining intensivligi va sifat ko‘rsatkichlari oshirilgani qayd etilgan.

Maʼlumot uchun, bayraktar — Turkiyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz dron bo‘lib, asosan razvedka, kuzatuv va aniq zarba berish vazifalarini bajaradi. Uzoq masofadan parvoz qilishi, xavfli hududlarni xavfsiz tarzda nazorat qilish imkoni va yuqori aniqlikda ishlashi bilan ko‘p davlatlar tomonidan tan olingan. Qo‘shimcha optik kameralar va zamonaviy boshqaruv tizimi orqali u harbiy operatsiyalarda muhim ustunlik beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish