Davlatimiz rahbari tashqi siyosat borasida 2025-yil ko‘p jihatdan natijador bo‘lganini qayd etdi.
Yanvar 15, 2026. 17:21 • 38 soniya
• 20
Xususan, o‘tgan yili 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Yangi tariximizda ilk bor Bolgariya, Finlyandiya, Slovakiya, Serbiya, Iordaniya va Paragvay rahbarlarining O‘zbekistonga tashriflari tashkil etildi.
“Markaziy Osiyo plyus” formatidagi ko‘p tomonlama muloqotlar sermahsul bo‘ldi.
So‘nggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi. Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi.
“Ochiq, pragmatik, puxta o‘ylangan va tashabbuskor tashqi siyosatimiz natijasida O‘zbekiston global tinchlik va diplomatiya markazlaridan biriga aylanib boryapti”,
– dedi Prezidentimiz.
Xorijiy davlatlarda 2017-yildan buyon 16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxonasi ochilib, ularning soni 60 taga, diplomatik aloqa o‘rnatilgan davlatlarning soni esa 165 taga yetdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi