Rossiyadan munosabat: Yaponiya mintaqa markazi O‘zbekiston bilan sheriklik qilishdan manfaatdor
Dekabr 21, 2025. 12:25 • 49 soniya
• 79
MOSKVA, 21-dekabr. / “Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, MDH davlatlari instituti bo‘lim mudiri Andrey Grozin “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bayon etdi:
— Ushbu ikki voqea O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlarida o‘ziga xos ramziy ahamiyatga ega.
Mening fikrimcha, Yaponiya bilan sheriklik O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan pragmatik siyosat — yaʼni imkon qadar keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish — mazkur tashrifning asosini tashkil etadi.
Yaponiya mintaqa markazi O‘zbekiston bilan sheriklik qilishdan manfaatdor. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Prezidentining tashrifi har ikki tomon — ham Tokio, ham Toshkent uchun muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman.
Umuman olganda, ikki mamlakatning o‘zaro hurmati va manfaatlariga urg‘u berilgan holda o‘tgan ushbu tashrif Markaziy Osiyo mintaqasida transport infratuzilmasini yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida pragmatik hamkorlik va amaliy muloqotlar rivojlanmoqda
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot