Logo

O‘zbekiston va Turkmaniston kimyo sanoatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda

Aprel 01, 2026. 09:33 • 2 daq

158
O‘zbekiston va Turkmaniston kimyo sanoatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda

ASHXOBOD, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimovning 30-mart kuni Ashxobod shahrida “Turkmenximiya” davlat konserni raisi Resul Miradov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalangan holda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini belgilab oldilar. Xususan, O‘zbekiston va Turkmanistonning kimyo sanoatidagi resurslari va ishlab chiqarish quvvatlarini birlashtirish orqali yangi investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat hududida talab yuqori bo‘lgan kimyo mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish sohasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni tizimli davom ettirish va oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning izchil va samarali amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish