Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida yoqilg‘i-energetika sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Mart 27, 2026. 14:30 • 54 soniya
• 105
ASHXOBOD, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Kecha Ashxobodda O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimovning Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Guvanch Agadjanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar yoqilg‘i-energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli davlatlararo munosabatlar so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, barcha soha va yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi hamkorlik muntazam ravishda kengayib, yangi mazmun va amaliy natijalar bilan boyib borayotganini ta’kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, neft-gaz tarmog‘ida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi