TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mart 04, 2026. 21:15 • 52 soniya
• 1105
TOSHKENT, 4-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Rossiya elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining ustuvor masalalari batafsil muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi
Prezident•Aprel 15, 2026. 16:25
Tokioda “Salom, Yaponiya!” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Madaniyat•Aprel 15, 2026. 15:50
Turkiyalik yoshlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Sayyohlik•Aprel 15, 2026. 15:20
Malayziya OAV: O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi
Amir Temur-690 yilligi•Aprel 15, 2026. 14:15
Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Vazir uchrashuvlari•Aprel 15, 2026. 13:04
Barchasi