Gujranvala shahrida “O‘zbekiston–Pokiston o‘sish darchasi” tashabbusining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Dekabr 15, 2025. 16:57 • 58 soniya
• 231GUJRANVALA, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev ishchi tashrifi bilan Pokistonning Gujranvala shahriga bordi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida Gujranvala Biznes alyansi tomonidan “GIFT University” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston–Pokiston o‘sish darchasi” tashabbusining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muassasani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Gujranvala, Sialkot va Gujrat shaharlari ishbilarmon va akademik doiralarini birlashtirgan holda savdo iqtisodiy munosabatlarda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash, sanoat va oliy taʼlim integratsiyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga ko‘maklashishdan iborat.
Diplomatik vakolatxona rahbari safar davomida universitet asoschisi va raisi Muhammad Anvar Dar hamda Gujranvala Biznes alyansi raisi Ahmad Ikram Lon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari, xususan, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.
“GIFT University” raisi Anvar Dar O‘zbekiston universitetlari bilan yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga to‘liq tayyorligini bildirdi. U o‘zbekistonlik hamkasblari bilan aniq yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun o‘zaro kelishilgan muddatlarda universitet delegatsiyasining mamlakatimizga safarini amalga oshirishni taklif qildi.
Muzokaralar yakunida 2026-yilda o‘zbekistonlik talabalarning ushbu universitetda taʼlim olishi uchun 50 000 AQSh dollari miqdorida grant ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

