Logo

Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi

Dekabr 11, 2025. 12:58 • 2 daq

167
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi

BERLIN, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyadagi O‘zbekiston va Ozarbayjon elchixonalari hamkorlikda “QGallerie” ko‘rgazmalar uyida o‘zbek so‘zanalari va ozar kalagaylari namoyishiga bag‘ishlangan “Uyqash olamlar” nomli kashtachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston hunarmandchilik mahsulotlarini Germaniya jamoatchiligiga tanitish, ularni Yevropa bozorlariga chiqishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston va Ozarbayjon diplomatiya vakolatxonalari vakillari, “Willkommen in Berlin” diplomatlar klubi aʼzolari, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganayotgan Gumboldt universiteti talabalari, keng jamoatchilik vakillari, sanʼat ixlosmandlari hamda vatandoshlar qatnashdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida mamlakatimiz elchixonasi vakillari yurtimizda barcha sohalar kabi milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirish, qadimiy anʼanalarni yosh avlodga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizning yuksalib borayotgan turizm imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarni o‘zbek so‘zanalari olami bilan yaqindan tanitish uchun mamlakatimizga tashrif buyurishga chorladi.

Shuningdek, tadbir dasturida milliy madaniyatimizda so‘zanalarning tarixi va ahamiyati haqida maʼruza hamda o‘zbek milliy raqslar ijrosi taqdim etildi. Galereyada yurtimizning turli hududlari va kashtachilik maktablari yo‘nalishlariga tegishli so‘zanalar namoyish etildi. O‘zbek kashtachiligi maktabi haqida namoyish etilgan film orqali qatnashchilar yurtimizning milliy hunarmandchiligi, ustoz-shogird anʼanalari hamda xorijiy sayyohlar gavjum tarixiy shaharlar namoyish etildi.

O‘zbek milliy so‘zanalarini tikish sirlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mahorat-darslar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘zbekona muhitda vatandoshlarimiz ko‘magida bevosita so‘zanalarni o‘z qo‘llari bilan tikib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yurtimiz so‘zanalari qatorida namoyish etilgan ozarbayjon milliy ipak ro‘mollari ham ishtirokchilarga Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarning bugungi kunga qadar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy hunarmandchilik sanʼati bilan keng tanishish imkonini berdi.

Rojdestvo bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazma 9-yanvarga qadar davom etadi va germaniyaliklar uchun eng yaxshi yangi yil tuhfasi sifatida taqdim etiladi. Tadbirlar doirasida germaniyalik sanʼatsevar qiziquvchilar uchun o‘zbekistonlik hunarmandlar bilan onlayn davra suhbati uyushtiriladi.

“Ko‘rgazma bizga juda yoqdi. Sanʼat asarlari sanalgan betakror o‘zbek so‘zanalari va ozarbayjon harir ipak ro‘mollarini hamohanglikda mujassam etgan ko‘rgazma orqali o‘zbek va ozarbayjon madaniyatlarini tanitish g‘oyasi menga juda yoqdi. Film namoyishi orqali so‘zanalarning tayyorlash va tikish jarayoni, sirlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni oldik. Ko‘rgazmaga musiqiy jilo bergan musiqa va raqslar ijrosi esa bu ikki xalqning boy madaniyatini ko‘rsatdi. O‘zbek so‘zanalarini Berlinda namoyish etilishi juda ham ajoyib, chunki bu yerda barcha xalqlar madaniyati tutashgan”, – deydi “Willkommen in Berlin“ diplomatlar klubi aʼzolari Monika Vilde va Xouria Vayx.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish