Logo

Germaniyanida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek rassomining ijod namunalari namoyish etildi

Dekabr 17, 2025. 09:00 • 51 soniya

420
Germaniyanida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek rassomining ijod namunalari namoyish etildi
Germaniyanida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek rassomining ijod namunalari namoyish etildi
Germaniyanida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek rassomining ijod namunalari namoyish etildi

XEMNIS, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Xemnis shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Olisdagi makonlar” nomli xalqaro sanʼat ko‘rgazmasida taniqli o‘zbek rassomi Jo‘ra Asran asarlari namoyish etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur xalqaro ko‘rgazmada Yevropa, Amerika va Osiyo mintaqalari rassomlarining ijod namunalari taqdim etildi. Jumladan, mahoratli o‘zbek rassomi Jo‘ra Asranning “Tabiat va milliylik ifodasi” mavzusidagi qator asarlari sanʼat ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilindi.

Hamyurtimiz rasmlarida yurtimiz tog‘li hududlarining betakror tabiati, qishloqlarining o‘ziga xos go‘zalligi, u yerdagi sokin hayot, qadimiy inshootlari va shu kabi milliy koloritni ifodalovchi manzaralar tasvirlangan. Taʼkidlash joizki, Jo‘ra Asran ijodidan joy olgan ushbu asarlar bugungi kunga qadar Fransiya, Turkiya, Angliya, Rossiya va Germaniyaning qator shaharlarida tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

“Olisdagi makonlar” xalqaro sanʼat ko‘rgazmasi “Xemnis 2025 – Yevropaning madaniy poytaxti” dasturi doirasida tashkil etildi. Unda suratlar, fotosuratlar, haykal va sanʼat namunalari namoyish etildi. Bundan tashqari, ko‘rgazma dasturi konsert, kitobxonlik kechalari, mahorat darslari, ijodiy suhbatlar va ekskursiyalar bilan boyitilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish