Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va olmoslarni sertifikatlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston–Isroil gemmologiya markazi ochildi
Fevral 03, 2026. 15:32 • 2 daq
• 154TEL-AVIV, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va olmoslarni sertifikatlashga ixtisoslashgan “GCI Gemological Centers Uzbekistan” gemmologiya markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu markaz mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi ko‘magida 2025-yil avgust oyida Tel-Aviv shahrida Isroilning “GCI Gemological Centers Ltd.” kompaniyasi va O‘zbekistonning “Expert One” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etildi.
“GCI Gemological Centers Ltd.” bosh ofisi Tel-Avivda joylashgan bo‘lib, asosan qimmatbaho toshlarni ekspertizadan o‘tkazish, baholash va sertifikatlash bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya gemmologiya sohasida professional mutaxassislar tayyorlaydi.
“GCI” Toshkent filialining ochilish marosimida Isroil elchisi Gideon Lustig, “New Uzbekistan” O‘zbekiston–Isroil savdo-investitsiya uyi prezidenti Nargiza Qodirova, kompaniya rasmiy vakillari ishtirok etdi.
Isroillik vakillarning taʼkidlashicha, markazning ochilishi O‘zbekistonda zargarlik sohasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi bo‘ldi. Qimmatbaho metallar va toshlar bozorini liberallashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va qulay investitsiya muhitini yaratish mamlakatni sohaning yetakchi global ishtirokchilari uchun jozibador hamkorga aylantirmoqda.
Toshkentdagi yangi markaz kompleks gemologik tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro “GCI” sertifikatlarini berish va zargarlik sanoati mutaxassislari uchun taʼlim dasturlarini amalga oshiradi. U kompaniyaning Markaziy Osiyodagi birinchi va dunyodagi uchinchi filialiga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




