29-yanvar kuni O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi “aql markazlari” ekspertlari ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilishadi
Yanvar 28, 2026. 10:13 • 46 soniya
• 121
TOSHKENT, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. 29-yanvar kuni “O‘zbekiston - Pokiston: o‘zgarib borayotgan dunyoda strategik sheriklik, o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish” mavzusida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Islomobod mintaqaviy tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etiladi. Konferensiyada ikki mamlakatning davlat idoralari, yetakchi tahliliy markazlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston–Pokiston hamkorligining istiqbollarini muhokama qilishadi. Tadbir davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy aloqalar va sanoat hamkorligini kengaytirish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, inson kapitalini shakllantirish sohasidagi tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ikki tomonlama sheriklikka yangi surʼat bag‘ishlaydigan va mamlakatlarimizning birgalikdagi taraqqiyot salohiyatini yuzaga chiqaradigan amaliy takliflarni ishlab chiqishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Tavsiyalar bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning mazmuniga salmoqli hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
