Logo

O‘zbekiston Prezidenti 29-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

Yanvar 28, 2026. 19:02 • 44 soniya

200
O‘zbekiston Prezidenti 29-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

TOSHKENT, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 29-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, tovar ayirboshlashni oshirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, faol madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari qator qo‘shma tadbirlarda ishtirok etadilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish