Xalqaro Hunarmandchilik kengashining 60 yilligiga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi
Fevral 03, 2026. 16:54 • 37 soniya
• 31
AL-KUVAYT, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Kuvaytda Xalqaro Hunarmandchilik kengashi (WCC) tomonidan ikkinchi xalqaro hunarmandlar forumi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi vakillari ham ishtirok etdi.
Forum “Kreativ iqtisodiyotda hunarmandchilik” shiori ostida o‘tkazilib, Xalqaro hunarmandchilik kengashining (WCC) 60 yilligiga bag‘ishlandi.
Ushbu anjumanda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan hunarmandlar, ekspertlar va madaniyat vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston vakillari Jahon hunarmandlar shaharlari tarmog‘ining aʼzosi sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Qo‘qon, Buxoro, Samarqand va Marg‘ilon kabi shaharlar ushbu nufuzli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, forumning panel muhokamalarida mazkur shaharlardagi hunarmandchilik sanʼati bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Forum yakunida hunarmandchilikni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va barqaror kelajakni shakllantirishga qaratilgan “Kuvayt deklaratsiyasi” qabul qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
