Logo

Dushanbedan munosabat: O‘zbekiston va Tojikiston Oliy davlatlararo kengashi ikki davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi

Mart 31, 2026. 09:00 • 2 daq

186
Dushanbedan munosabat: O‘zbekiston va Tojikiston Oliy davlatlararo kengashi ikki davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi

DUSHANBE, 31-mart. /“Dunyo” AA/. Rossiya–Tojikiston (slavyan) universitetining Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Go‘zal Maytdinova “Dunyo” AA muxbiriga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning 26-27-mart kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi haqida fikr bildirdi:

– Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning 2026-yil 26–27-mart kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi Markaziy Osiyo siyosatida muhim voqea sifatida baholanmoqda. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga – barqaror ittifoqchilik va strategik sheriklik darajasiga chiqqanini ko‘rsatdi.

Ushbu tashrif faqat ikki davlat munosabatlari doirasida emas, balki butun Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlarga ham taʼsir ko‘rsatadi. Bunday hamkorlik aloqalari mintaqada davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Asosiy natijalardan biri “Mintaqa ichida yetakchilik” modeli mustahkamlanayotganidir. Yaʼni, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi kuchlarga bog‘liq bo‘lmasdan, o‘zlari mustaqil ravishda hamkorlik tizimini shakllantirishga harakat qilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalar oddiy va qisqa muddatli hamkorlikdan chiqib, uzoq muddatli va tizimli sheriklikka aylandi.

Tashrifning eng muhim jihatlaridan biri – yangi hamkorlik mexanizmining ishga tushirilishi bo‘ldi. Yaʼni, Toshkent shahrida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu tuzilma ikki davlatga muhim qarorlarni birgalikda qabul qilish, harakatlarni muvofiqlashtirish va umumiy strategiya asosida ish yuritish imkonini beradi.

Shu orqali O‘zbekiston va Tojikiston Markaziy Osiyoda birgalikda faol siyosiy kuch sifatida harakat qilishi, mintaqaning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini oshirishi mumkin.

Bu yangi format hamkorlikni rasmiy bayonotlardan amaliy loyihalarga olib chiqib, ikki davlat rivojlanish rejalarini uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish