Logo

O‘zbekiston va Qozog‘iston axborot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Aprel 01, 2026. 11:31 • 48 soniya

5
O‘zbekiston va Qozog‘iston axborot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

TOSHKENT, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 31-mart kuni “Dunyo” axborot agentligida Qozog‘iston tashqi siyosat idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar agentlik faoliyati bilan batafsil tanishib, axborot almashinuvini kengaytirish va zamonaviy media hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ushbu muloqot O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida axborot sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Suhbat jarayonida tomonlar tajriba almashishni faollashtirish va qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish