Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi

Mart 11, 2026. 09:42 • 2 daq

146

STOKGOLM, 11-mart. /“Dunyo” AA/. 9–10-mart kunlari O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda yirik kon-metallurgiya korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya Shvetsiyaning Erebro, Eskilstuna va Vesteros shaharlarida joylashgan yetakchi sanoat kompaniyalariga amaliy tashrif amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maʼlumki, tog‘-kon va muhim metallarni chuqur qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori texnologiyalar va innovatsion yechimlar borasida Shvetsiya global yetakchi kompaniyalarga ega.

Tashrif doirasida delegatsiya “Epiroc”, “Volvo Construction Equipment” hamda “ABB” kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va innovatsion texnologiyalari bilan tanishdi.

Jumladan, zamonaviy burg‘ulash va yerosti konchilik texnikasi, konchilik jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli monitoring tizimlari hamda energiya samarador sanoat yechimlari taqdim etildi. Delegatsiya shuningdek, “Kvarntorp Test Mine” sinov kon poligonida zamonaviy konchilik uskunalarining amaliy namoyishini kuzatdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda konchilik va sanoat sohasini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish