Logo

O‘zbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi

Mart 01, 2026. 13:00 • 57 soniya

160
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi

ASHXABOD, 8-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshanbek Alimov va Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi raisi Mergen Gurdov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, tomonlar joriy yilda ikki davlat tadbirkorlik subyektlari ishtirokida qator tadbirlarni o‘tkazish, O‘zbekiston­Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining navbatdagi 5-yig‘ilishi va qo‘shma biznes-forumlar tashkil etish, pirovardida aniq istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

Suhbatning muhim mavzusi sifatida ikki davlat kichik va o‘rta biznes subyektlarining O‘zbekiston va Turkmanistonda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va forumlarda o‘zaro ishtirokini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki mamlakat kompaniya hamda korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning istiqbolli shakllari yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish