O‘zbekiston–Iordaniya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi
Fevral 18, 2026. 14:00 • 41 soniya
• 219
TOSHKENT, 18-fevral. / “Dunyo” AA/. Islom savdo va taraqqiyot palatasi (ICCD) Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida O‘zbekiston–Iordaniya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu hujjat O‘zbekiston SSP raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov hamda Iordaniya Savdo palatasi raisi, senator Xalil Muhammad El-Haj Tavfiq tomonidan imzolangan.
Mazkur kengash ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, savdo missiyalari va B2B uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun doimiy platforma vazifasini bajaradi.
Kengash doirasida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, logistika, moliya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Bu esa qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish, investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekiston tadbirkorlarining Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
