Logo

“ADCC Open” turnirida o‘zbekistonlik yosh sportchi g‘alaba qozondi

Yanvar 18, 2026. 14:32 • 46 soniya

138
“ADCC Open” turnirida o‘zbekistonlik yosh sportchi g‘alaba qozondi

DOHA, 18-yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha Qatarda ADCC ligasi doirasida ilk bor “ADCC Open” turniri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur greppling sport musobaqasi turli mamlakatlardan kelgan yosh va iqtidorli sportchilarni bir maydonga jamladi.

Ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini Numonxon Rahimov himoya qildi. U 11-12 yoshliklar o‘rtasida 40 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Numonxon Rahimov mazkur musobaqada O‘zbekistondan ishtirok etgan yagona atlet hisoblanadi.                         

Qatarda ilk bor tashkil etilgan “ADCC Open” turniridagi ushbu g‘alaba yosh sportchining yuqori sport mahoratini hamda O‘zbekiston greppling maktabining salohiyatini yaqqol namoyon etdi. Ushbu natija mamlakat sporti uchun xalqaro maydondagi navbatdagi muhim yutuq sifatida baholanmoqda.

Abu Dhabi Combat Club (ADCC) — jahonda greppling va “submission wrestling” yo‘nalishida eng nufuzli sport ligalaridan biri hisoblanadi. ADCC musobaqalari yuqori raqobat darajasi, qatʼiy qoidalari va xalqaro ishtirokchilar tarkibi bilan ajralib turadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish