Yangilangan Konstitutsiya – O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda
Dekabr 06, 2024. 17:40 • 1 daq
• 159
RIGA, 6-dekabr. /"Dunyo" AA/. Latviya poytaxtida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri
Unda Latviyada bo'lib turgan vatandoshlar va ushbu davlatda ishlayotgan mehnat migrantlari qatnashdi.

Ishtirokchilarga yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, Konstitutsiya yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Tadbirning madaniy qismida O'zbekistondan tashrif buyurgan "Xalqlar do'stligi" ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O'zbekistonning Ostonadagi elchixonasida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida ma'rifiy tadbir tashkil etildi



