O'sh shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo'lib o'tdi
Sentabr 18, 2025. 14:52 • 46 soniya
• 70
O'Sh, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan O'sh shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Qirg'iziston Prezidentining O'sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayev, siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy doira vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, O'sh shahrida akkreditatsiyadan o'tgan konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlari ishtirok etdi.
So'z chiqqanlar so'nggi yillarda O'zbekiston-Qirg'iziston o'rtasida rivojlanib borayotgan keng qamrovli hamkorlik aloqalari, xususan, ikki xalqni birlashtirgan mushtarak tarix va aloqalarga to'xtaldilar.
Shuningdek, yurtimizning jahon hamjamiyatida tobora ortib borayotgan mavqei nafaqat O'zbekistonni balki butun Markaziy Osiyoni tinchlik, bag'rikenglik va do'stona aloqalar maydoniga aylantirayotgani qayd etildi.
Tadbirning rasmiy qismidan so'ng O'zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo'limi xonandalari va raqqosalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi. Qonsertda ijro etilgan o'zbek va qirg'iz milliy kuy-qo'shiqlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi