Logo

Rossiyaning Sverdlovsk shahrida O'zbekiston istiqlolga erishganining 34 yilligi tantanali nishonlandi

Oktabr 04, 2025. 14:04 • 48 soniya

81
Rossiyaning Sverdlovsk shahrida O'zbekiston istiqlolga erishganining 34 yilligi tantanali nishonlandi

YEKATERINBURG, 5-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiyaning Sverdlovsk shahrida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida O'zbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning ochilish qismida so'zga chiqqan bosh konsul Jahongir Parmanov ishtirokchilarni yurtimiz istiqlolga erishgan kun bilan qutladi. O'zbekiston va Rossiya o'rtasida ikki tomonlama munosabatlar, xususan hududlararo hamkorlik turli sohalarda rivojlanib borayotgani, o'zaro savdo aylanmasi yil sayin oshayotgani qayd etildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar O'zbekiston mustaqillik yillarida erishilgan natijalarni, Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni yuksak baholadilar.

Bayram kechasining madaniy qismida "Bahor" davlat raqs ansambli ishtirokida konsert dasturi va O'zbekiston haqida ko'rgazma tashkil qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi vakillari Ural turizm assotsiatsiyasi prezidenti Mixail Malsevga O'zbekistonning Yekaterinburgdagi turizm brendi elchisi etib tayinlangani haqidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish