Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi
Oktabr 09, 2025. 10:04 • 3 daq
• 58
DEHLI, 9-oktyabr /"Dunyo" AA/. Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Dehli shahrida bo'lib o'tgan tantanali kecha o'zbek xalkining tarixi va zamonaviy yutuqlariga bo'lgan chuqur hurmat, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar rivojining yangi dinamikasini namoyon etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda Toshkentda bo'lib o'tgan tantanali marosimda so'zlagan nutqida ta'kidlaganidek, bugun O'zbekiston tarixiy davlatchilik an'analari, ulkan imkoniyatlari va xalqaro hamkorlikka ochiqlik tamooyiliga tayanib, o'z kelajagini ishonch bilan bunyod etmoqda. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan yangilanish va ochiqlik jarayoni yetakchi xalqaro sheriklar, jumladan, Hindiston bilan o'zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Toshkent va Dehli azaliy do'stlik aloqalarini mustahkamlamoqda, ko'p tomonlama strategik hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirmoqda. O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev so'nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar o'zaro ishonch va manfaatlar birligi asosida sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi.
Hindiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sibi Jorj o'z qutlov so'zida Hindiston Yangi O'zbekistoni nafaqat muhim mintaqaviy hamkor, balki ulkan iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatga ega davlat sifatida ko'rishini e'tirof etdi.
Raqamlar o'zaro hamkorlikning yuqori darajasini ifoda etmoqda: bugun O'zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 400 dan ortiq qo'shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. So'nggi yillarda amaliy aloqalarga yangi ruh va turtki bag'ishlandi.
Hududlararo aloqalar o'zaro munosabatlarning "lokomotivi"ga aylandi. Andijon va Gujarat, Farg'ona va Haryana, Samarqand va Agra, Buxoro va Haydarobod o'rtasidagi sheriklik tarixiy aloqalarning zamonaviy tadbirkorlik loyihalariga aylanayotganini ifodalamoqda.
Joriy yil mamlakatimizning farmatsevtika, axborot texnologiyalari, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoati, oliy ta'lim hamda boshqa sohalari vakillari Hindistonning Dehli va boshqa shaharlarida samarali muzokaralar o'tkazdi.
Madaniy va gumanitar aloqalar – ikki tomonlama munosabatlarning yuragidir. O'zbekiston Davlat filarmoniyasi Navoiy bo'limi ijodiy jamoasining tantanali marosimda taqdim etgan o'zbek va hind qo'shiqlari hamda raqslaridan tuzilgan yorqin musiqiy dastүri bunga yaqqol isbot bo'ldi.
So'nggi yillarda turizm sohasidagi munosabatlar yangi marralarga ko'tarilmoqda. Xususan, 2024-yilda O'zbekistonga 80 mingdan ortiq hind sayyohlari tashrif buyurdi, joriy yil bu ko'rsatkich 100 mingtaga yetishi kutilmoqda. To'g'ridan-to'g'ri aviareyslar va soddalashtirilgan viza tartibi ikki xalqni yana-da yaqinlashtirmoqda.
Tadbirda taqdim etilgan «Business Central Asia» jurnalining maxsus soni Hindiston keng jamoatchiligi vakillarining Yangi O'zbekistondagi islohotlarga bo'lgan ulkan qiziqishining yana bir ifodasi bo'ldi.
Tantanali kecha ishtirokchilari boy tarixiy asosga ega va kelajakka intilgan O'zbekiston-Hindiston strategik hamkorligi ulkan salohiyatga ega ekani haqida yakdil fikr bildirdi. Ikki davlat rahbarlarining xohish-irodasi va barcha soha vakillarining faol ishtirokiga tayangan O'zbekiston va Hindiston birgalikda o'zaro manfaatli munosabatlarning yangi bosqichini yaratmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Polshadagi vatandoshlar O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar