Logo

O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi Xitoyning Shanxay shahrida keng nishonlandi

Oktabr 06, 2025. 20:21 • 37 soniya

63
O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi Xitoyning Shanxay shahrida keng nishonlandi

SHANXAY, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Shanxay shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanalari bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimiz istiqlolga erishgan kunga bag'ishlangan tadbir mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va "Vatandoshlar" jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi. Unda Xitoyning Shanxay va boshqa provinsiyalardagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

So'zga chiqqan yurtimiz diplomatlari davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan ortga qaytmas islohotlar va xorijda yashayotgan vatandoshlarga qaratilayotgan e'tibor haqida to'xtaldilar.

Bayram tadbiri davomida yosh vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi va "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. 

Bundan tashqari, vatandosh xotin-qizlar ishtirokida seminar va "Xitoydagi birinchi qizlar hamjamiyati" tashkilotining ochilish marosimi o'tkazildi.

Seminarda vatandosh ayollar ilmiy-tadqiqot va kasbiy faoliyatlarida erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish