AQShdagi yosh vatandoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi
Avgust 29, 2025. 09:47 • 2 daq
• 73
VASHINGTON, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida AQShdagi yosh vatandoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bilimdonlar bellashuvi O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan, "Vatandoshlar" jamoat fondi va Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi hamkorligida o'tkazildi.
Unda Nyu-York, Massachusets, Pensilvaniya, Virjiniya va boshqa qo'shni shtatlardan kelgan vatandoshlardan iborat 5 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 6 nafar ishtirokchidan tashkil topgan bo'lib, umumiy hisobda 30 nafar intellektual salohiyatga ega, faol va bilimdon yoshlar bellashuvda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Intellektual o'yinlar bir nechta bosqichlarda, mutaxassislar tomonidan tayyorlangan maxsus savollar asosida o'tkazildi. Savollar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, jamoaviy muvofiqlik hamda umumiy bilim doirasini qamrab oldi.
Bellashuv yakunlariga ko'ra, Nyu-York shtatining "Ziyo art" jamoasi eng ko'p ochko to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi. G'olib jamoa a'zolariga esdalik sovg'alari topshirildi. Qolgan jamoalar ham faol ishtiroklari uchun diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida O'zbekistondan taklif etilgan san'at ustalari ishtirokida konsert dastur namoyish etildi.
Ta'kidlash joizki, "Zakovat" intellektual o'yini AQShdagi vatandosh yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish, ular o'rtasida jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish, milliy tafakkur va madaniyatni targ'ib qilish, shuningdek, O'zbekiston bilan bog'liqlikni yanada mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'ldi. Bunday tashabbuslar xorijdagi o'zbek jamiyatining birdamligini, intellektual va ma'naviy yuksalishini ta'minlashda samarali platforma sifatida xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi