Logo

Istanbuldagi vatandoshlar O'zbekiston istiqlolga erishgan kunni "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida keng nishonladilar

Sentabr 28, 2025. 12:36 • 49 soniya

33
Istanbuldagi vatandoshlar O'zbekiston istiqlolga erishgan kunni "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida keng nishonladilar

ISTANBUL, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Istanbul shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram kechasi O'zbekiston Bosh konsulxonasi, "Vatandoshlar" jamg'armasi, "O'zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish" jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Anjumanda mazkur mamlakatda istiqomat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari, ishbilarmon doira vakillari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari va Turkiya madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.


Bosh konsul Sherzod Abdunazarov so'zga chiqib, vatandoshlarimizni ulug' ayyom – Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida O'zbekistonda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar va yangi tashabbuslar haqida to'xtalib o'tdi.


Tantanali tadbir davomida taniqli xonandalar – Alisher Nazirov, Dilnoza Ismiyaminova va "Binafsha" guruhi ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Yurtimiz madaniy hayotining ravnaqiga hissa qo'shayotgan san'atkorlar ijrosidagi qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.


Bayram dasturi vatandoshlar birdamligi va yurt taraqqiyoti yo'lidagi intilishlarni yanada mustahkamlagan holda, barchada chuqur taassurot qoldirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish