Polshadagi vatandoshlar O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar
Oktabr 03, 2025. 17:48 • 45 soniya
• 47
PLONSK, 3-oktyabr. "Dunyo" AA/. Polshaning Plonsk shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bayram tadbirlari o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram tadbirlari O'zbekiston elchixonasi tomonidan "Vatandoshlar" jamoat fondi va "Green Crops" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi hamda O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi.
Ishtirokchilarga davlatimiz rahbari boshchiligida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xususan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ta'lim olishi va o'z salohiyatlarini to'laqonli namoyon etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xorijda bilim va tajriba orttirish imkoniyatlarini yana-da kengaytirishga qaratilgan islohotlar haqida so'zlab berildi.
Tantanalarning madaniy qismida Kamron Erkinov va Nodira Seydjanova ishtirokida taqdim etilgan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Tadbir doirasida vatandoshlar o'rtasida futbol va voleybol bo'yicha turnir tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi