Rossiyaning Amur viloyatidagi vatandoshlar O'zbekiston Mustaqillik kunini keng nishonladilar
Sentabr 09, 2025. 10:23 • 42 soniya
• 53
BLAGOVESHENSK, 9-sentabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiyaning Amur viloyatida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34-yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram tantanalarida Amur viloyatidagi faol vatandoshlar va "RenKons" mas'uliyati cheklangan jamiyatida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir davomida sport o'yinlari va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Jumladan, vatandoshlar o'rtasida futbol, arqon tortish, stol tennisi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqalar yakunda g'olib va sovrindor bo'lgan vatandoshlarga diplomatik missiya nomidan sovg'alar topshirildi.
Madaniy dasturda O'zbekistondan kelgan yosh estrada xonandalari o'z dasturlarini taqdim etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqan vatandoshlarimiz, o'z chiqishlarida O'zbekiston hukumati tomonidan xorijda ishlayotganlar yurtdoshlarimiz ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va e'tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari xorijda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi