Fransiya poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari bo'lib o'tdi
Sentabr 29, 2025. 12:33 • 2 daq
• 70
PARIJ, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari va tantanali qabul bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali qabulda siyosiy, ishbilarmon, ekspert va madaniy doiralar, Fransiya ommaviy axborot vositalari, Parijda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ushbu mamlakatda tahsil olayotgan va ishlayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar O'zbekiston va Fransiya o'rtasida kengayib borayotgan hamkorlikka alohida e'tibor qaratilib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil mart oyida Fransiyaga davlat tashrifi mamlakatlarimizning ikki va ko'p tomonlama hamkorligini yana-da rivojlantirish uchun muhim bosqich bo'lganini ta'kidladilar.
Jumladan, Yevropa istiqbollari va xavfsizligi instituti (IPSE) direktori Emmanuel Dyupyui O'zbekiston mustaqillikka erishganidan 34 yil o'tib, mamlakatning evolyutsiyasini, ayniqsa, 2016 yildan keyin, Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan so'ng sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuksak baholadi.
"Semmaris" korxonasi rahbari Stefan Layani o'z ma'ruzasida O'zbekiston taraqqiyot yo'lini e'tirof etar ekan, respublika 34 yil ichida butunlay o'zgarganini bildirdi. "O'zbekistonga borsangiz o'zingizni rivojlangan infratuzilmasi, zamonaviy mehmonxonalar industriyasi, turizm va ajoyib mehmondo'stlik tajribasiga ega mamlakatni ko'rasiz. O'zbekiston bugungi kunda xalqaro savdoda ham juda muhim o'rin tutadi. O'zbekiston juda yaxshi oziq-ovqat markazlaridan biriga, eksport orqali butun dunyoga xizmat ko'rsatadigan oziq-ovqat ta'minoti platformalaridan biriga aylanishi mumkin. Zero, Fransiya ham ko'plab tovarlarni eksport qiluvchi va import qiluvchi hisoblanadi. Bularning barchasi aholini oziq-ovqat bilan ta'minlashga hissa qo'shadi va mamlakatingizga foyda keltiradi", – dedi u.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi