Varshavada O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo'lib o'tdi
Sentabr 21, 2025. 14:11 • 2 daq
• 41
VARSHAVA, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Varshava shahrida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Unda Polsha tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Voychex Zayanchkovskiy, Senat marshali o'rinbosari Mixal Kaminski, Rivojlanish va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi Mixal Yaros, Qishloq xo'jaligi va hududlarni rivojlantirish vazirligi davlat kotibi Yatsek Chernyak, Polsha Prezidenti maslahatchisi Radoslav Gruk, Fan va oliy ta'lim vaziri o'rinbosari Andjey Sheptiski, Raqamlashtirish vaziri o'rinbosari Rafal Rosinski, Kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish idorasi biznes ombudsmani Agniyeshka Mayevska va boshqalar qatnashdi.
Qabul marosimida so'zga chiqqan mamlakatimiz elchisi Amirsaid Agzamxodjayev "O'zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlar, o'zbeki-polyak hamkorligi to'g'risida batafsil so'zlab berdi.
Polsha tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Voychex Zayenchkovskiy o'z ma'ruzasida Polshada O'zbekistonga nisbatan qiziqish ortib borayotgani mamlakat hukumati tomonidan jadal sur'atlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta'kidladi. Mamlakatimizda polyak kompaniyalari soni ortib borayotgani, ularning o'zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish istagi qayd etildi.
Qabulning madaniy dasturida O'zbekistondan kelgan san'at ustalari ishtirokida maxsus konsert dasturi bo'lib o'tdi. Ijro etilgan o'zbek milliy qo'shiq va raqslari Polsha vakillariga katta taassurot qoldirdi. Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy an'analari va turizm salohiyati hamda O'zbekistonning qadimiy shaharlariga bag'ishlangan ko'rgazma bilan tanishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi