Iran Sharxan: Markaziy Osiyoning kritik minerallar sohasidagi salohiyati juda yuqori
Iyun 25, 2025. 12:56 • 2 daq
• 65
TASHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Qozog'iston sanoat va qurilish vazirining o'rinbosari Iran Sharxan "Dunyo" AA uchun intervyusida 24-25-iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "MINEX Central Asia 2025" forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Avvalo, soha mutaxassislarini ushbu muhim forum bilan tabriklamoqchiman. Bu tajriba almashish, malaka oshirish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish uchun ajoyib maydon bo'ldi. Ham O'zbekistonda, ham Qozog'istonda tog'-metallurgiya majmui, tog'-kon sanoati va geologiya sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu soha iqtisodiyotning asosiy o'sish nuqtalaridan biri sanaladi. Mamlakatlarimiz yalpi ichki mahsulotida ham tog'-kon sanoati salmoqli ulushni egallaydi.
"MINEX Central Asia 2025" forumi ushbu sohalarni yana-da rivojlantirish uchun turtki bo'ladi. Yana bir bor ta'kidlamoqchiman – bu investitsiyalarni jalb qilish va yer qarini o'zlashtirish hamda yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish uchun o'ta muhim platformadir.
Ishonchim komilki, O'zbekistonda tashkil etilgan mazkur forum soha rivojiga yangi turtki beradi, tajriba va malaka almashish uchun imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, mintaqada yana-da qulay investitsiya muhitini shakllantirishga yordam beradi.
Kritik muhim minerallarga kelsak — Markaziy Osiyoning bu sohadagi salohiyati, shubhasiz, juda yuqori. Bugun forum doirasida ushbu yo'nalishda sa'y-harakatlarni birlashtirish istiqbollarini muhokama qildik. O'zbek va qozoq xalqlarining o'tmishi, bugun va kelajagi mushtarak. Kritik minerallar yo'nalishidagi hamkorlik va sa'y-harakatlarni birlashtirish ham soha rivojiga yangi turtki beradi hamda butun mintaqa iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Noyob va kritik muhim minerallarni qazib olish masalalarida xalqaro hamkorlik bugungi kunda ayniqsa dolzarb. Dunyo bir joyda to'xtab turmaydi. Biz noyob yer elementlarini rivojlantirishda ulkan salohiyatni ko'ryapmiz. Shu nuqtai nazardan tegishli dastur allaqachon amalga oshirilmoqda.
Men o'z ma'ruzamda sa'y-harakatlarni birlashtirish va mazkur sohada Markaziy Osiyo xabini yaratishni taklif qildim. Davlatlarimiz rahbarlari bunday hamkorlik istiqbollarini allaqachon e'lon qilishgan va bugun biz bu yo'nalishda faol harakat qilyapmiz. Mamlakatlarimiz o'rtasida ekspert guruhlari tuzilgan. Yaqin kelajakda biz aniq natijalarni taqdim etamiz. Bir qator kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning umumiy yo'nalishlari ishlab chiqildi.
Bugungi global chaqiriqlar – bu geosiyosiy beqarorlik va yangi texnologiyalarni joriy etish zaruriyatidir. Biz xomashyoni qayta ishlash darajasini oshirishimiz, yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratishimiz kerak. Buning uchun malaka va yangi texnologiyalar talab etiladi va biz hozir aynan shuning ustida O'zbekistondagi hamkasblarimiz bilan birgalikda ishlayapmiz
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda