Konstantin Obolenskiy: Biz jinoiy manbalardan olingan mablag'larni O'zbekistonga qaytaryapmiz va bu mablag'lar ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga sarflanmoqda
Sentabr 18, 2025. 14:23 • 2 daq
• 120
NAMANGAN, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy "Dunyo" AA uchun intervyusida Namanganda bo'lib o'tayotgan "Kambag'allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumining ahamiyati to'g'risidagi fikrlarini bayon qildi:
– Forumning ochilishida ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ldim va e'lon qilingan natijalar menda katta taassurot qoldirdi. Qancha odam kambag'allikdan qutulganligi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy ko'mak ko'rsatilayotgani, munosib hayot kechirish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqidagi ma'lumotlar ham juda muhim.
Bu jarayonda Shveysariya ham faol ishtirok etmoqda. Biz jinoiy manbalardan olingan mablag'larni O'zbekistonga qaytaryapmiz va bu mablag'lar kambag'allikni qisqartirishga bevosita hissa qo'shadigan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga sarflanmoqda. Masalan, bugun O'zbekistonda 45 dan ortiq maktabni modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha hujjat imzolanadi. Bu sanitariya-gigiyena sharoitlari – hojatxonalar, yuvinish xonalarini yaxshilash, binolarning energiya samaradorligini oshirish bilan bog'liq. Bularning barchasi xalq manfaati, mamlakat kelajagi uchun qilinmoqda.
Mablag'larni O'zbekiston xalqiga qaytarish va jamiyat manfaati yo'lida foydalanish haqidagi qaror Shveysariya va O'zbekiston hukumatlarining birgalikdagi irodasi natijasidir.
Mamlakatda kambag'allik darajasini pasaytirish bo'yicha erishilgan natijalar ajoyib va bu nafaqat men, balki barcha forum ishtirokchilarini quvontirdi. Biz O'zbekistonda har bir inson o'z salohiyatini – iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va munosib hayot kechirish imkoniyatiga ega bo'lishi tarafdorimiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda