Logo

Shteffen Rixter: O'zbekistonning so'nggi yillarda erishgan yutuqlari haqiqatan ham hayratlanarli

Iyun 11, 2025. 16:18 • 42 soniya

65
Shteffen Rixter: O'zbekistonning so'nggi yillarda erishgan yutuqlari haqiqatan ham hayratlanarli

TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA./ "Linde Group" kompaniyasi Yaqin Sharq/Turkiya klasteri rahbari va boshqaruvchi direktori Shteffen Rixter (Germaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida 10-12-iyun kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Ushbu forum butun dunyo sanoat yetakchilarini O'zbekistonda jamlash va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish uchun noyob imkoniyat, deb bilaman. O'zbekistonning so'nggi yillarda erishgan yutuqlari haqiqatan ham hayratlanarli va biz "Linde" kompaniyasi bu jarayonning bir qismi bo'lishdan juda xursandmiz.


2016-yildan beri amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ma'muriy tizimni optimallashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini izchillashtirish va infratuzilmani yaxshilashga faol e'tibor qaratilayotgani – biz xorijiy investorlar uchun juda muhim bo'lgan jihatdir.


Ishonchim komilki, bu kabi islohotlarning uzluksiz davom ettirilishi mamlakatingizga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni yanada ko'proq jalb qilishda ulkan hissa qo'shadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish