O'zbekiston qandolat mahsulotlari Turkiyada bo'lib o'tgan xalqaro ko'rgazmasida e'tirof etildi
Sentabr 06, 2025. 14:52 • 2 daq
• 63
ISTANBUL, 6-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida shu yilning 2-5-sentyabr kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tgan "World Food Istanbul–2025" xalqaro ko'rgazmasida o'zbek milliy mahsulotlari namoyishi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ko'rgazmada O'zbekistonning 15 ta eksportchi korxonalaridan iborat yagona "Made in Uzbekistan" milliy stendi tashkil etildi. Shu bilan birga, "Bonu Shirinliklari", "Candy Gold", "Lindo" kabi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar alohida stend bilan taqdim etildi. Ularda O'zbekistonda ishlab chiqilgan qandolat mahsulotlari, muzqaymoq, sharbatlar, quritilgan qilingan mevalar namoyish qilindi.
"Made in Uzbekistan" milliy stendi doirasida taqdim etilgan mahsulotlar o'zining tabiiyligi, yuqori sifati va ta'mi bilan ishtirokchilarining e'tiborini tortdi. Ayniqsa, qandolat mahsulotlari va quritilgan mevalarga Turkiya, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan xaridorlar katta qiziqish bildirdi.
Mahalliy eksponentlar ishtirokida Turkiyaning distribyutor, savdo tarmoqlari va ishlab chiqarish kompaniyalari bilan "B2B" formatidagi uchrashuvlar o'tkazildi.
Muzokaralar natijasida Turkiyaning "Goksen", "Goknur" va "Metin" kompaniyalari anor, uzum va olcha, "Foody", "Bafin" va "Big Brands Turkiye" kompaniyalari bilan mayiz, meva va poliz mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Ko'rgazma kunlari "Made in Uzbekistan" milliy stendiga mingdan ortiq xorijiy mehmon keldi. O'z navbatida, xorijiy mehmonlarga joriy yilning 18-20-noyabr kunlari O'zbekistonda o'tkaziladigan "UzAgroExpo", "UzProdExpo" va "InterPackExpo" ko'rgazmalari to'g'risida ma'lumot berildi hamda ularda ishtirok etishga taklif qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi