O'zbekiston eksportyor tadbirkorlar uchun "Yevropaga eksport" mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi
Iyul 07, 2025. 09:37 • 33 soniya
• 38
RIGA, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Latviyadagi O'zbekiston savdo uyi rahbari, mamlakatimiz faxriy konsuli Vladimir Galperin ishtirokida mamlakatimizning yetakchi eksportyor tadbirkorlar uchun "Yevropaga eksport" mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Latviyadagi elchixonasi ko'magida tashkil etilgan seminarda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Latviya va Yevropa bozorlariga eksport qilishning mavjud talablari xususida so'z yuritildi.
Latviyalik mutaxassis Yevropada qishloq xo'jalik mahsulotlari eksporti bilan bog'liq talablar va shartlar, sertifikatlash, oziq – ovqat tovarlarini qadoqlash standartlari, qayta ishlash texnologiyalari, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarish texnologiyalarini litsenziyalash tartiblariga to'xtalib o'tdi.
Vladimir Galperin, shuningdek, O'zbekiston vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi