Logo

O'zbekistonda yetishtirilgan qovun va uzum Londondagi eng gavjum va nufuzli savdo ko'chalaridan birida sotilmoqda

Sentabr 15, 2025. 19:06 • 31 soniya

118
O'zbekistonda yetishtirilgan qovun va uzum Londondagi eng gavjum va nufuzli savdo ko'chalaridan birida sotilmoqda

LONDON, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtining markaziy savdo ko'chalaridan biri – "Regent Street" savdo rastalarida O'zbekistondan olib kelingan bir tonna qovun va bir tonna uzum sotuvga qo'yildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

Milliy mahsulotlarimiz va Britaniyada muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan "OSHPAZ" milliy restorani taomlari savdosi London shahri aholisi va mehmonlarida katta qiziqish uyg'otmoqda.

 Bugungi kunda O'zbekistondan Britaniya bozorlariga 30 turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda. Joriy yilning o'tgan 8 oyi davomida O'zbekiston meva-sabzavotlari eksporti o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish