Buxorodan Kuvaytga 1,2 tonna meva va poliz mahsulotlari eksport qilindi
Sentabr 24, 2025. 14:12 • 37 soniya
• 103
AL-KUVAYT, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistondan Kuvaytga umumiy vazni 1,2 tonna bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimizdan eksport qilingan mahsulotlar tarkibidan qovun, shaftoli nok, uzum kabi mevalar o'rin oldi. O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar sotuvi Buxoro tumanidagi "National Agroforte" va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.
O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan yurtimizda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Kuvaytga eksport hajmini oshirish maqsadida 30-sentabr kuni Sirdaryo, Jizzax, Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari, va Qoraqalpog'iston Respublikasidagi yetakchi eksportyor kompaniyalar uchun Al-Kuvayt shahrida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilyapti.
Uch kun davom etadigan tadbirda kuvaytlik tadbirkorlar ishtirokida B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi