Logo

O'zbekiston elchixonasi ko'magida mamlakatimizda yetishtirilgan 2,5 tonna meva va poliz mahsulotlari Kuvaytga eksport qilindi

Iyul 07, 2025. 13:19 • 31 soniya

87
O'zbekiston elchixonasi ko'magida mamlakatimizda yetishtirilgan 2,5 tonna meva va poliz mahsulotlari Kuvaytga eksport qilindi

AL-KUVAYT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi say'-harakatlari bilan Buxoro viloyatida yetishtirilgan yangi mevalar va poliz mahsulotlarining navbatdagi partiyasi Kuvaytga eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, Buxoro tumanidagi "National Agroforte" va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyalari o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan O'zbekistondan ushbu davlatga 1,2 tonna miqdorida shaftoli, olxo'ri, o'rik, tarvuz, qovun va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi. 

 "National Agroforte" kompaniyasi, shuningdek, Kuvaytning "Suma Fruits International Co." tashkilotiga 1,3 tonna miqdoridagi ho'l mevalarni sotdi.

 Ta'kidlash joizki, joriy yil iyul oyi boshidan buyon O'zbekistondan Kuvaytga 2,5 tonna ho'l meva va poliz mahsulotlari eksport qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish