Logo

O'zbekiston Boltiqbo'yidagi eng yirik oziq-ovqat va texnologiyalar ko'rgazmasida taqdim etilmoqda

Sentabr 05, 2025. 16:01 • 57 soniya

65
O'zbekiston Boltiqbo'yidagi eng yirik oziq-ovqat va texnologiyalar ko'rgazmasida taqdim etilmoqda

RIGA, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Latviya poytaxtida Boltiqbo'yidagi eng yirik ko'rgazmalardan biri – "Riga Food 2025" ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Ko'rgazmada "Made in Uzbekistan" stendi tashkil etildi va unda 20 dan ortiq mamlakatimiz korxonalari o'z mahsulotlarini taqdim etilmoqda.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari, quritilgan mevalar, milliy shirinliklar, konservalar namoyish etilgan O'zbekiston pavilyoni tadbirning mehmonlar bilan eng gavjum bo'limlaridan biriga aylandi.

O'zbekiston stendida namoyish etilayotgan mahalliy eksport mahsulotlari Latviya chakana savdo tarmoqlari va yevropalik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

B2B muzokaralari va biznes-forum yakunlariga ko'ra, mahalliy eksportchilar Latviya va boshqa Boltiqbo'yi mamlakatlariga quritilgan mevalar, qandolatchilik, dukkakli mahsulotlar, turli sharbatlar va boshqalarni yetkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzish masalalarini ko'rib chiqdilar.

Biznes vakillari va tadbir ishtirokchilari ta'kidlaganidek, "Riga Food 2025" ko'rgazmasida O'zbekiston stendining taqdimoti o'zbek mahsulotlarining Boltiqbo'yi va Skandinaviya mamlakatlariga eksportini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O'zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, diversifikatsiya qilish va liberallashtirish, xorijiy investorlar va importyorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Ko'rgazma 6 sentyabrga qadar davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish